"Quvnoqlar va zukkolar"
Xalqimiz "kulgu insonni yoshartiradi", "umringizga umr qo'shadi" deya bejizga aytmagan. Tuman yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida Zomin tuman Yoshlar ittifoqi markazi binosida "Kitob mutolaa haftaligi doirasida" Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda "Quvnoqlar va zukkolar" tadbiri tashkil etildi. QVZ jamoasi turli shartlar asosida o‘z bilim va mahorati, hozirjavobligi, intellektual salohiyatini namoyish etdilar. Yosh jamoalar o'zining samimiy hazillari orqali barchaning qalbidan munosib o'rin oldi desak mubolag'a bo'lmaydi!!! Tabassum qiling, kulguyingizdan dunyo yayrasin.