"Qurolli kuchlar armiyasi-mamlakat qudrati"
Joriy yilning 14-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 12-sonli musiqa va san'at maktabi o'quvchilari ishtirokida Zomin tuman 12-sonli musiqa va san'at maktabida "Qurolli kuchlar armiyasi-mamlakat qudrati" nomli badiy musiqiy kecha bo'lib o'tdi. Ona yurtimiz har doim o'zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog'ini muqaddas bilib, vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Tadbir yakunida kutubxona rahbariyati hamda 12-sonli musiqa va san'at maktabi rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. https://t.me/zomin_kutubxonasi/12996