"Qatag'on qurbonlari xotirasi - muzeyda"
Yosh avlodni milliy qadriyatlarga, boy tariximizga hurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning alohida o‘rni bor. Muzeylarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bajaradigan vazifalaridan biri taʼlim va tarbiya o‘chog‘i ekanligidir.
Joriy yilning 2-iyul sanasida Zomin tuman axborot kutubxoa markazi xodimlari hamda Zomin tuman Muzey hodimlari hamkorligida kitobxon yoshlar ishtirokida "Qatag'on qurbonlari xotirasi - muzeyda" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida yosh kitobxonlar Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab yod olingan sheʼrlarini taqdim etishdi. Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning suyukli farzandlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lshdi.