"Qatag‘on qurbonlari"
2025-yilning 26-avgust kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari tomonidan Yoshlar markazi binosida aholi va kitobxonlar ishtirokida ochiq osmon ostida kitob ko'rgazma hamda "Qatag‘on qurbonlari" mavzusida davra suhbati tashkil etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi – siyosiy qatag'on qurboni bo'lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o'rganish, targ'ib etish, ularning xotirasini abadiylashtirish hamda yosh avlodga yetkazishdan iborat bo‘ldi. Mazkur tadbir kitobxonlarni tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni milliy o‘zlikni anglashga undash hamda mustaqil O‘zbekiston tinchligi va barqarorligini qadrlashga chorlovchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.