"Qarzdor kitobxonlar bilan ishlash"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari F.Mamatqulova hamda X.Mirzayevalar qarzdor kitobxonlar bilan ishlash maqsadida "Temuriylar izdoshlari" harbiy maktabiga tashrif buyurishdi. O'quvchilar uchun yangi adabiyotlar ko'rgazmasi o'tkazildi. Ko'rgazmada o'quv qo'llanmalar, ertaklar, yangi badiiy hamda horijiy adabiyotlar havola etildi.