Qalqon bo‘lib turgan qahramonlarimiz
Joriy yilning 15-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9225 harbiy qism kursantlari bilan hamkorlikda "Qalqon bo‘lib turgan qahramonlarimiz" mavzusida kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida kursantlar axborot-kutubxona markazidan foydalanish qoidalari bilan tanishdilar. Shuningdek sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxonaga qanday a‘zo bo'lish va kitoblardan qay tartibda foydalanish kerakligi tushuntirib berildi.