"Qalblarga muhrlangan siymo"mavzusida kutubxona kvesti.
Umar al-Xayyom 1048 yil 18 mayda Nishopur shahrida chodir tikuvchi kosib oilasida dunyoga kelgan. Uning «Xayyom» laqabi xam otasining chodir tikuvchilik hunariga monanddir. Umar Xayyom Buxoro va Samarkand shaharlarida yashab, ta’lim olgan, ijod qilgan. Umar Xayyom Nishopur, Balx, Buxoro shaharlarida o’qiydi. Rivoyatlarga qaraganda Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk unga Nishopur hokimligini taklif qiladi. Lekin Umar Xayyom bunga rozi bo’lmaydi. U 1074 yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid bir qancha asarlari va kashfiyotlari ma’lum. Masalan, 1077 yilda u yunon olimi Evklid kitobiga sharh yozib, butun sonlarning ildizini topish yo’llarini ko’rsatib beradi. 1079 yilda Xayyom yangi isloh qilingan kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar Yevropada undan 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qo’llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Shuningdek uning «Risolatul-kavn vat-taklif» («Koinot va uning vazifalari»), «Risola fil-vujud» («Borliq haqida risola»), «Risola fi kulliyati vujud» («Borliq umumiyligi haqida risola») kabi asarlari ham mashhurdir. Umar Xayyom o’zini sira ham shoir deb hisoblamagan. Ruboiylarini ilmiy izlanishlardan charchagan paytida turli dafgarlarning hoshiyasiga bitgan. Qismat o’yinini qarangki, olim o’z umrining asosiy qismini sarflagan fanning turli sohalaridagi buyuk kashfiyotlari bir chekkada qolib, u ikkinchi darajali hisoblagan ruboiylari Xayyom nomini dunyoga taratdi. Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir bo’lmagan, lekin hayot haqida ba’zi mulohazalarini 4qatorlik she’r qilib qog’ozga tushirib qo’yavergan. XVIII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan. U haqda dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan so’ng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859 yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard FitzJerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e’lon qilgandan so’ng, bu she’rlar juda mashhur bo’lib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan.
Joriy yilning 24-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D. Artikova va mutaxassisi D. Qarshiboyevalar tomonidan matematik, astronom, faylasuf, hakim,fizik va mutafakkir shoir Umar Xayyom tavalludining 975 yilligi munosabati bilan “Qalblarga muhrlangan siymo” deb nomlangan kvest jamoaviy o`yini tashkil etildi. Ushbu jamoaviy o’yinda tumandagi "Leaders" o'quv markazining o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Umar Xayyom asarlari va hayoti, faoliyati asosida tuzilgan savollarga o’quvchilar uch guruhga bo’lingan holda javob berishdi. Kvest o’yinini yanada qiziqarliroq tashkil etish, adib ijodini o’rganish maqsadida savollarning javoblari honadagi kitoblar ichiga yashirilgan edi va ularni topishga bo’lgan ishtiyoq o’quvchilarni kitoblar bilan ham tanishib chiqishlariga yordam berdi.
https://telegra.ph/Qalblarga-muhrlangan-siymomavzusida-kutubxona-kvesti-11-24