"Qalblarga muhrlangan siymo"
Turkiy adabiyotda dunyo miqyosida Chingiz Aytmatov darajasida tan olingan boshqa bir adibni topolmaymiz. Boshqa adiblarning dunyoviy ko‘lamiga zarracha soya solmagan holda, Aytmatov asarichalik bironta turkiy adabiyot vakilining ijodiy mahsuloti hali dunyoning 180 dan ortiq tillariga o‘girilmaganini tan olish kerak. Jahonda sanoqli adiblar egallagan cho‘qqini turkiy adabiyot vakillaridan hozircha faqat Chingiz Aytmatovgina egallab turibdi. Bugungi kunda tadqiqotchilar adibning asarlari jahon tillarida 80 million nusxadan oshiq chop qilinganini e’tirof etishmoqda. Bu fakt adib nomini XX asrning eng ko‘p muhokama etilgan Jan-Pol Sartr, Alber Kamyu, Maks Frish, Fridrix Dyurrenmatt, Gabriel Garsia Markes, Vargas Losa, Karlos Fuentes, Kendzaburo Oe kabi so‘z san’atkorlari safidan joy olganini bildiradi. Bu adiblar faqat bir asrda yashagani uchun emas, balki so‘zga bo‘lgan e’tiqodlariga, o‘z davriga qarata aytgan gaplariga, o‘z davrini muqarrar ma’naviy, ekologik fojialardan ogohlantirishlariga ko‘ra ham jahon adabiyotining peshqadam vakillari sanalishadi. Ular adabiyotning tasavvur, did, ifoda, shartlilik usullarini isloh etishdi, XX asr so‘z san’atini yangi bosqichga, yangi maqomga, yangi cho‘qqiga ko‘targan o‘zidan oldingi salaflarining munosib izdoshlari ekanini ijodlari, xizmatlari, adabiyotga, so‘zga qo‘shgan hissalari bilan isbot qilib berdilar.
Joriy yilning 3-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D. Artikova va mutaxassisi D. Qarshiboyevalar tomonidan atoqli qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan “Qalblarga muhrlangan siymo” deb nomlangan kvest jamoaviy o`yini tashkil etildi. Ushbu jamoaviy o’yinda tumandagi 34-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 10-sinf o’quvchilari faol ishtirok etishdi. Chingiz Aytmatov asarlari va hayoti,faoliyati asosida tuzilgan savollarga o’quvchilar uch guruhga bo’lingan holda javob berishdi.Kvest o’yinini yanada qiziqarliroq tashkil etish,adib ijodini o’rganish maqsadida savollarning javoblari javondagi kitoblar ichiga yashirilgan edi va ularni topishga bo’lgan ishtiyoq o’quvchilarni kitoblar bilan ham tanishib chiqishlariga yordam berdi.Kvest jamoaviy o’yini juda qiziqarli bo’lib o’tdi.