Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!
Zomin tumanida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiri katta tantana va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlandi. Tabarruk bahor ayyomi bo‘lmish Navro‘z xalqimizning mehr-oqibat, do‘stlik va ahillik ramzi sifatida yana bir bor yuraklarga quvonch olib keldi.Tadbir davomida milliy urf-odat va qadriyatlarimiz aks etgan rang-barang sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Folklor jamoalarining jo‘shqin chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar, raqslar bayramga alohida fayz bag‘ishladi.