"Qadring baland bo'lsin ona tilim" shiori ostida "Buyuk davlat tili boqiydir" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir.
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi jamoasi bilan hamkorlikda O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin ona tilim" shiori ostida "Buyuk davlat tili boqiydir!" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir noan'anaviy tarzda ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Tadbirda Zomin Axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxasissi N.Bobomurodova so'zga chiqib o'zining bayram tabrigini izhor etdi. Tadbirda 25-maktab, 60-maktab iste'dodli va iqtidorli o'quvchilari o'zining she'r va qo'shiqlari bilan tadbirga o'zgacha shukuh bag'ishladi. Tadbir so'ngida faol qatnashgan ishtirokchilarga O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali ona tilimizga bo'lgan munosabat, uning qadr-qimmati va ahamiyati biz uchun yanada yuksaklanadi.