"Qadring baland bo'lsin ona tilim" shiori ostida "Buyuk davlat tili boqiydir" mavzusida ma'naviy ma'rifiy tadbir.
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi, Yoshlar ishlar agentligi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda Yoshlar ittifoqi markazi binosining faollari zalida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin ona tilim" shiori ostida "Buyuk davlat tili boqiydir!" nomli tadbir tashkil etildi.Tadbir noan'anaviy tarzda ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Tadbirni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi rahbari G'.Saydullayev ochib berdi hamda o'zining bayram tabrigini izhor etdi. Tadbirda "Tinchlik" nomli 3- davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti maktabga tayyorlov guruhi, 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi, 60-maktab iste'dodli va iqtidorli o'quvchilari o'zining she'r va qo'shiqlari bilan tadbirga o'zgacha shukuh bag'ishladi. Tadbirga "Sharq tongi" gazetasi bosh muharriri Hayrullo Sidiqov, 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Abdusattor Sodiqov, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi jamoasi, "Temuriylar izdoshi" NTM Zomin filiali harbiylashgan maktabi o'quvchilari taklif etildi. Tadbir so'ngida faol qatnashgan ishtirokchilarga Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi rahbariyati tomonidan faxriy yorliq hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali ona tilimizga bo'lgan munosabat, uning qadr-qimmati va ahamiyati biz uchun yanada yuksaladi.
Barcha O'zbekiston fuqarolarini o'zbek tilining 33 yillik bayrami bilan chin dildan