"Qadring baland bo'lsin-ona tilim!"
#Kitobsevar_millat_2025
2025-yil 20-oktyabr sanasida "Kitobsevar millat" shiori ostida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-DMTT bolajonlari ishtirokida "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining" 36-yilligi hamda 21-oktyabr -O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Oʻzbek tili xalqimizni birlashtiradigan qudratli kuchdir" shiori ostida "Qadring baland bo'lsin-ona tilim!" mavzusida kitoblar ko'rgazmasi bilan tanishtirildi.Tadbirda ko‘plab kitobsevar bolajonlar ishtirok etishdi. Kitob — bolalikning eng sadoqatli do‘sti, orzular sari eltuvchi qanot, tafakkurga yorug‘lik baxsh etuvchi manba. Kitob o‘qish — shunchaki odat emas, hayotga ongli yondashuvdir. Kitoblar marafoni tadbiri doirasida 50 dan ziyod bolalar uchun ertak kitoblardan iborat kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.Tadbirda 30 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.