"Ozod yurt timsoli"
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi hikoya” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda Qayirma, Taraqqiyot MFYda istiqomat qiluvchi maktab o'quvchi yoshlari ishtirok etishdi. Tanlovi bo’yicha yozilgan barcha insholarni Zomin tuman -Axborot kutubxona markazi xodimlari tekshirdi. Tekshirish jarayonida inshoning barcha talablari hisobga olindi va quyidagi mezonlar bo’yicha tekshirildi:
- Mustaqil fikr va original g’oyalar miqdori va sifati.
- Imloviy xatolarning miqdori va sifati
- Uslubiy xatolarning miqdori va sifati
- Grammatik xatolarning miqdori va sifati
- Tinish belgilari bilan bog’liq xatolar miqdori va sifati
- Fikrlarning mantiqan bog’langanligi hisobga olinadi.
Insholar tanlovi g‘olibi aniqlanib, ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va tashakkuromalar bilan taqdirlandilar.