“Ozod yurt timsoli''
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi va "Zomin Kinder garden" NMTT hamda "Zomin" nomli bolalar yozgi oromgohi bilan hamkorlikda "Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Ozod yurt timsoli'' mavzusida musiqiy adabiy kecha tashkil etildi. Tadbir "Zomin" yozgi bolalar oromgohida bo'lib o'tdi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxasislari tomonidan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.