Oybekning “Bolalik” asari taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Joriy yilning 29-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Oybekning “Bolalik” asari taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda kitobxon yoshlar, o‘qituvchilar hamda faol mutolaa ixlosmandlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Bolalik” asarining mazmun-mohiyati, unda aks etgan beg‘ubor bolalik xotiralari, insoniylik, samimiyat va hayotiy saboqlar haqida batafsil so‘z yuritildi. Mutaxassislar tomonidan asarning tarbiyaviy ahamiyati, ayniqsa yosh avlodni ezgulik ruhida kamol toptirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, asardan olgan taassurotlarini bayon etdilar. Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va yoshlar orasida mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.