"Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir "
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatiga "Tafakkur gulshani" kitobxonlar klubi a'zolari ishtirok etishdi. Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Artikova adibning qisqa umr koʻrishiga qaramay, milliy adabiyotimiz uchun arzirli ijodiy me'ros qoldirgan, otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir hayoti va ijodi, uning ezgu insoniy fazilatlari, Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati haqida ma'ruza qildi. She'riyat ixlosmandlari bo'lgan "Tafakkur gulshani" kitobxonlar klubi o'quvchi yoshlar o'zlarining yod olgan she'rlari bilan davra suhbatini yanada mazmunan boyitdi.
https://telegra.ph/Otashin-shoir-tarjimon-va-dramaturg-Usmon-Nosir-11-15