“Orasta qizlar”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 75-umumta'lim maktabi hamkorligida maktab o'quvchilari o‘rtasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan turli tanlov, kechalar o‘tkazilib, bayram munosib nishonlanmoqda. O'quvchi qizlar o'rtasida "Onaga ta'zim" shiori ostida “Orasta qizlar” ko’rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko’rik-tanlovda tarbiyalanuvchi qizlar va ularning onalari 4 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar.