"Ona tilimizning kechasi va buguni"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Abdusattor Sodiqov bilan O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag'ishlab "Ona tilimizning kechasi va buguni" mavzusida Zomin o'lkasining ijodkorlari bilan davra suhbati tashkil etildi. Ona tilini sevish, uni ardoqlash, vatanni sevish, uni qadrlashga teng hisoblanadi. Til – bu millat faxridir. Har qaysi inson o’z vatani bilan qanchalik faxrlansa o’z ona tili bilan ham shunchalik faxrlanadi. Shunday ekan, ona tilini sevish, uni asrab avaylash, so’z boyligini chuqurroq oshirish zarurligini Abdusattor Sodiqov o'z ma'ruzasida ta'kidlab o'tdi.