“Ona mutolaa qilsa, bola kitobxon boʻladi”
#tadbirlar_2026
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 27-yanvar kuni Zomin tuman tibbiyot texnikumi bilan hamkorlikda faol kitobxon qizlari ishtirokida “Ona mutolaa qilsa, bola kitobxon boʻladi” mavzusida suhbat tashkil etildi. Mazkur suhbat davomida yosh onalar hamda farzandli onalarga kitob mutolaa qilishning ahamiyati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, shuningdek, farzandlariga kitob o‘qib berish orqali ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Bugungi kunda kitob o‘qish zamon talabi darajasiga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, uy bekalarini muntazam kitob mutolaa qilishga o‘rgatish natijasida farzandlarda ham kitobga bo‘lgan qiziqish bosqichma-bosqich shakllanib borishi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Suhbat davomida “Ayol” va “Ustoz va shogird” hikoyalari o‘qib eshittirildi hamda ishtirokchilar bilan birgalikda mazmuni yuzasidan xulosalar chiqarildi