“Ona mehri tarannumi – "Onaizor" asari
“Ona mehri tarannumi – "Onaizor" asari
Joriy yilning 4 may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandasi Mirmuhsin tavalludiga bag‘ishlab “Onaizor” asari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda kitobxonlar, o‘quvchilar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etib, asarda aks etgan ona mehri, insoniylik, sadoqat va hayotiy qadriyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mutaxassislar tomonidan asarning mazmun-mohiyati, undagi obrazlar va badiiy yondashuvlar atroflicha tahlil qilindi.
Davra suhbati davomida “Onaizor” asarining tarbiyaviy ahamiyati, yoshlar ongida ona siymosiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli xulosalar chiqarib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlashdi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan kitobxonlar rag‘batlantirilib, bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilishi qayd etildi.