"Ommaviy ma'daniyatning milliy manfaatlarimizga salbiy ta'siri" Ma'naviyat soati o'tkazildi.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida "Ommaviy ma'daniyatning milliy manfaatlarimizga salbiy ta'siri" mavzusida navbatdagi "Ma'naviyat soati" o'tkazildi. Joriy yilning 14 may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida axborot-kutubxona markazi direktori Anvarova Nargiza Odiljonovna o'z hodimlari o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5040-sonli qarori hamda tuman Ma'naviyat va ma'rifat Kengashining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli bayoni 4-,5-ilovasiga muvofiq 2023-yil davomida "Ma'naviyat va ma'rifat o'quvi kunlari" va "Ma'naviyat soati"ni tashkil etish va o'tkazish maqsadida reja-jadvali asosida Markazda “Ommaviy madaniyatning milliy ma'naviyatimizga ta'siri" mavzusida "Ma'naviyat soati" tashkil etildi. Unda bugungi kunda dunyoda sodir bo’layotgan turli tahlikali voqea-hodisalar, barqarorlikni saqlash uchun ma'naviyat va ma'rifatga e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlanib o'tildi.