Òlkamiz tarixi
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Jizzax viloyat Davlat tarix va madaniyat muzeyi Zomin tuman tarix bòlimi bilan hamkorlikda "Milliy kashtalarimiz jilosi" nomli kashtachilik mahorat darsi òtkazdi. Qadimda har bir oila o’zi uchun so’zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta, tuzxalta va boshqalarni o’zi tayyorlagan. Bundan tashqari, uzatiladigan qiziga ham bezak buyumlari masalan, so’zana, choyshab, oynaxalta, choy xalta, zardevor, palak, gul-ko’rpa, bo’g’joma (kam ishlatiladigan buyumlar, taxlangan ko’rpalarni o’rab qo’yadigan), parda, belbog’, yostiq ustiga yopiladigan mato, do’ppi, ko’ylak, dastro’mol, hamyon, qiyiq, joynamoz, sumka, nimcha va boshqalarni badiiy did bilan bezatishgan. Shu kungacha kashtachilik buyumlari eng qimmatli hunar namunasi sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Chevar kashtachilar o’zining san’ati va tabiatiga ko’ra, go’zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo’lsa, shunchalik qimmatga baholangan. Hozirgi kunda bu kashtachilik na'munalarini muzeylarda uchratishimiz mumkin. Ular xali ham òz jilokorligini yòqotmagan.