"Olima ayol-ilmli millat asoschisi".
2023-yil 17-fevral kuni Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlab "Olima ayol-ilmli millat asoschisi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tumanimizning ko'zga ko'ringan maktabda necha yillardan beri ustozlik qilib kelgan nafaqadagi ustoz murabbiy Bozorova Nazira Ochilovna ishtirokida o‘tgan tadbirda bo‘lajak o'qituvchilar, turli soha yosh vakillari ishtirok etdilar. Zomin Axborot-kutubxona markazi direktori Nargiza Anvarova davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-kizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani va shu islohotlar natijasi o‘laroq ilmli, kitobxon millat barpo etilayotganini ta'kidladi. “Nozik hilqat hisoblanmish ayollar zimmasida nafaqat yurt kelajagi – farzandlar tarbiyasi, balki yurt tinchligi, hayot farovonligi uchun xizmat qiluvchi buyuk kashfiyotlar va ilmiy izlanishlar yuklanganligi sir emas. Bugungi tadbir ishtirokchilari o‘z suhbatlari orqali yoshlarimizga ilmiy yangiliklarga intilishda turki bo‘la olishlariga umid qilamiz”. Davra suhbati boshlovchisi - Nargiza Anvarova BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlariga keng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e'lon qilinganligi haqida ma'lumot berdi. “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan islohotlar jarayonida “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni"ning nishonlanishi olima ayollar va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boraëtgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatilishiga zamin yaratadi.
Davra suhbati davomida tadbir ishtirokchilari ta'lim va ilm-fan sohasi rivojiga qo'shayotgani salmoqli hissasi hamda mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan yuksak e'tibor, yaratilgan shart-sharoitlar, keng imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Tadbirga kelgan mehmonlar Axborot -kutubxona markazi tomonidan tashakkurnoma hamda sovg'alar bilan taqdirlandilar.