"Olamni mahliyo aylagan diyor” musiqiy adabiy kecha.
Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi va "Zomin Kinder garden" NMTT hamda "Zomin" nomli bolalar yozgi oromgohi bilan hamkorlikda "Olamni mahliyo aylagan diyor” mavzusida O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan adabiy musiqiy kecha tashkil etildi. Adabiy va musiqiy kechada "Zomin" yozgi bolalar oromgohidagi dam oluvchilar va yosh kitobxonlar o'rtasida qiziqarli o'yinlar, she'r aytishlar, raqsga tushishlar hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligi haqida "Zomin" yozgi bolalar oromgohidagi dam oluvchilar va yosh kitobxonlarga Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxasislari tomonidan ma'lumotlar berib o'tildi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi — davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. Tadbir "Zomin" yozgi bolalar oromgohida bo'lib o'tdi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxasislari tomonidan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Adabiy va musiqiy kecha ko'tarinki ruhda o'tdi. Tadbirda qatnashgan ishtirokchilarga Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
https://telegra.ph/Olamni-mahliyo-aylagan-diyor-musiqiy-adabiy-kecha-07-03