"Oilada komil shaxs tarbiyalashda milliy an'analar, urf- odat va marosimlarning o'rni"
#Xon_atlas
2025-yil 24-sentabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Xon atlas" festivali doitasida "Oilada komil shaxs tarbiyalashda milliy an'analar, urf- odat va marosimlarning o'rni" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda oilalarda milliy urf-odatlarga,milliy kiyinishga berilayotgan e’tibor, qizlarimizning odobi, ibo-hayosi haqida dildan suhbat o’tkazildi. Oilalarning mustahkam bo’lishida qaynonalarning o’rni, nabiralar tarbiyasi, ularni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish borasidagi tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.