OILADA FARZAND TARBIYASI - BOSH MEZON
"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros Xalqaro Universiteti Zomin turizm va servis kollejida ilmiy amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Kollejning psixolog-oʻqituvchisi Xurshida ABDULLAYEVA tashabbusi bilan tashkil etilgan seminar "Insoniyatning maʼnaviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining ulugʻligi" mavzusida oʻtkazildi. Seminarda psixolog-trenerlar, kollej oʻqituvchilari, "Xalqobod" mahallasi faollari, kollej oʻquvchilarining ota-onalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari òzlarining kitob kòrgazmalari bilan ishtirok etishdi.
Seminarni kollej direktori Goʻzal XAYITQULOVA ochib berib, trening ishiga omad tiladi. Shundan soʻng Bahmal tumani 2-maktab psixologi Shaxzod BEKMURODOV, Gʻallaorol tumani 37-maktab psixologi Nigora NAXALBOYEVA, Zomin turizm va servis kolleji psixologlari Moxidil ABDURASHIDOVA hamda Xurshida ABDULLAYEVAlar mavzu yuzasidan maʼruza qildilar. Slaydlar asosida, oʻzaro interfaol uslubda tashkil etilgan seminar ishi qariyb 2 soatdan ziyodroq vaqtga choʻzilsa-da, juda koʻtarinkilik, faollik bilan, oʻzaro bahs-munozaralar, savol va takliflar asosida qizgʻin kechdi.
https://telegra.ph/OILADA-FARZAND-TARBIYASI---BOSH-MEZON-06-12