"Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas'ulmiz!" shiori ostida o‘tkazilgan "Mahallada duv-duv gap" madaniy-ma’rifiy tadbir
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorligida oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish maqsadida "Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas'ulmiz!" shiori ostida o‘tkazilgan "Mahallada duv-duv gap" madaniy-ma’rifiy tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari kitob kòrgazmasi bilan faol qatnashishdi. Oilalarda sog‘lom ma'naviy-ma'rifiy muhit yaratishda hamda "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona - kitobxon bola" g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda oilasi bilan muntazam kitob mutolaa qilib ibrat bo‘layotgan oila vakillari "Mahallaning eng ibratli oilasi", "Mahallaning eng kitobxon oilasi", "Mahallaning eng kitobxon onasi", "Mahallaning eng yaxshi qaynonasi", "Mahallaning eng yaxshi kelini" nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.
Tadbir davomida Madaniyat bo‘limi "Zomin Sayqali" folklor jamoasining milliy chiqishlari namoyish etildi.
https://telegra.ph/OILA-MUSTAHKAMLIGI-UCHUN-BARCHAMIZ-MASULMIZ-01-29