"Oila ilmi"
Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan xotin-qizlarni kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida 16-umumta'lim maktabi o'qituvchilari o'rtasida Tursunoy Sodiqovaning "Oila ilmi" kitobi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Taniqli ijodkor Tursunoy Sodiqovaning ushbu kitobi oila mavzusida. Kuyovlik ilmi, kelinlik ilmi, qaynotalik ilmi, qaynonalik ilmi haqida ta'sirchan tushunchalar beradi. Muallifning mazkur asari keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Davra suhbatida TAKM xodimi G.Tòraqulova qantashchilarga Tursunoy Sodiqovaning hayotda erishgan yutuqlari hamda u insonning sermashaqqat umri va shu bilan birgalikda yoshlarga har taraflama ibrat bo'ladigan tomonlari haqida gapirib o'tdi.