"Ochiq osmon ostidagi kutubxona"
Kitobni mutolaa qilish, asarlarning mazmun-mohiyati zamiriga etish insonni komillikka, zukkolikka va teran fikr sohibiga aylantirishi shubhasizdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 24 oktyabr kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi xizmat mutaxassislari M.Keldibekova, X. Mirzayeva, hamda S.Muxtorovalar tomonidan, kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida Zomin tumanida joylashgan Mustaqllik hiyobonida kitob targ'ibot ishlarini olib bormoqda. Loyihada qatnashgan aholi va kitobxonlarga tumanimizda joylashgan axborot-kutubxona markazi hamda kutubxonadaga kelgan yangi adabiyotlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Yangi kitobxonlarni kutubxonamizdagi kitobxon a'zolar safiga qo'shdik.