"Ochiq osmon ostidagi kutubxona"
Kitob olimlar fikrining panohgohi, dono kishilar bo'stonining chamani, oddiy kishilarning tamoshogohidir. U kimsasiz kishilarga dil ochuvchi bog', ko'ngli shikastalarga rahnamodir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 3 oktyabr kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi xizmat mutaxassislari G. To'raqulova, X. Mirzayeva, hamda I.Shodiyevalar tomonidan, kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida Zomin tumanida joylashgan Mustaqllik hiyobonida kitob targ'ibot ishlarini olib bormoqda. Loyihada qatnashgan aholi va kitobxonlarga tumanimizda joylashgan axborot-kutubxona markazi hamda kutubxonadaga kelgan yangi adabiyotlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Yangi kitobxonlarni kutubxonamizdagi kitobxon a'zolar safiga qo'shdik.