"Ochiq osmon ostidagi kutubxona".
Kitob - barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql - idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o'rgatuvchi murabbiydir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 26-sentyabr kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi xizmat mutaxassislari X. Mirzayeva, F.Mamatqulova hamda I.Shodiyevalar tomonidan, kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida Zomin tumanida joylashgan Abu Ali ibn sino jamoat salomatlik texnikumi hiyobonida kitob targ'ibot ishlarini olib bormoqda. Loyihada qatnashgan aholi va kitobxonlarga tumanimizda joylashgan axborot-kutubxona markazi hamda kutubxonadaga kelgan yangi adabiyotlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Yangi kitobxonlarni kutubxonamizdagi kitobxon a'zolar safiga qo'shdik.