"Ochiq osmon ostidagi kutubxona"
Joriy yilning 2- sentabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin tumani "Mustaqillik" bog‘ida "Men kitoblarni emas, kitoblar meni yaratdi" mavzusida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi doirasida kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Koʻrgazma davomida kitobxonlarga kutubxona faoliyati va mavjud adabiyotlar haqida tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek koʻrgazmaga qoʻyilgan kitoblarning bir qanchasiga sharhlar berib oʻtildi. Kitobxonlar oʻzlari qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Ushbu koʻrgazmaga 50 yaqin tuman aholisi, yoshlar jalb etildi.