Ochiq osmon ostidagi kutubxona
Joriy yilning 22-yanvar sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi Abonementlarga xizmat ko'rsatish xizmati xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi doirasida navbatdagi kitob ko'rgazmasini tashkil qilishdi.Kutubxona xodimlari tadbir avvalida kutubxona haqida ma'lumot berib o‘tdilar. Shundan so‘ng ishtirokchilar ko'rgazmadan joy olgan kitoblar bilan tanishib kutubxonada yana qanday turdagi kitoblardan olib o‘qishlari mumkinligi haqidagi savollarga javob oldilar. Ko'rgazmadan joy olgan kitoblar bilan tanishib o'tdilar. Ko'rgazmadan joy olgan turli xil adabiyotlar ularga manzur bo‘ldi. Bolalar ababiyoti va katta yoshdagilar uchun kitoblarning farqi nimada ekanligi haqida aytib o'tilib, ularning yoshiga mos kitoblar tavsiya qilindi. Bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazishda kitoblarning o'rni beqiyos ekanligini tushuntirib berlidi.