"Ochiq osmon ostidagi kutubxona".
Yoshlarda bolalik chog`idan kitobga mexr uyg`otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularning xayot yo`llarida mustaxkam zamin bo`ladi. Bu esa kitobxon yoshlarni yanada jur'atli qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 13-sentyabr kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi xizmat mutaxassislari tomonidan, kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida Zomin tumanida joylashgan Mustaqillik hiyobonida kitob targ'ibot ishlarini olib bormoqda. Loyihada qatnashgan aholini tuman axborot-kutubxonamizdagi kitobxon a'zolar safiga qo'shdik.