"Ochiq osmon ostidagi kutubxona
Aholi hamda yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda yoshlarning madaniy savodxonligini yanada oshirish maqsadida 17-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi doirasida kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Kitobxonlarga tumanimizda joylashgan axborot-kutubxona markazi haqida malumot berildi hamda ko'rgazmaga qo'yilgan yangi adabiyotlarga sharx berilib o‘tildi.