Ochiq osmon ostidagi kutubxona.
#Axborot_texnologiyalari
Kitob o'qish insonni dadillashtiradi. Kitob o'qigan insonning o'ziga ishonchi ortadi. Joriy yilning 25 sentyabr kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi xizmat mutaxassislari hamda AKT bo'limi tomonidan "Axborot texnologiyalari" haftaligining 3-kunida, kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida Zomin tumanida joylashgan Nuroniylar maskanida kitob targ'ibot ishlarini olib bormoqda. Loyihada qatnashgan aholini tuman axborot-kutubxonamizdagi kitobxonlar daftariga a'zolar safiga qo'shdik.