Ochiq osmon ostidagi kutubxona
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mustaqillik xiyobonida ko‘chma kutubxona o'z ish faoliyatini boshladi. Joriy yilning 6 sentyabr sanasida xodimlarimiz tomonidan "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda aholining turli yoshdagi kitobxonlari, maktab o'quvchilari va tuman yoshlari faol qatnashdilar. Axborot-kutubxona markazi direktori va hodimlari aholi hamda yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilib, kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdilar. Ushbu tadbirlar yoshlar o‘rtasida keng ommalashib bormoqda va kitobxon yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.
Siz, aziz kitobsevarlarni ham ushbu loyihamizda 9:00 dan 19:00 gacha vaqt oralig'ida faol qatnashishga chorlab qolamiz !