"Ochiq osmon ostidagi kutubxona".
Kitob o'qish insonni dadillashtiradi. Kitob o'qigan insonning o'ziga ishonchi ortadi. Chunki kitobdan olgan ilmi unga madad beradi. Atrofingizdagi odamlarda esa siz haqingizda yaxshi tasavvur uyg'onadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 4 sentyabr kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi Abonamentlar va foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi xizmat mutaxassislari tomonidan, kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida Zomin tumanida joylashgan Mustaqillik hiyobonida kitob targ'ibot ishlarini olib bormoqda. Loyihada qatnashgan aholini tuman axborot-kutubxonamizdagi kitobxonlar daftariga a'zolar safiga qo'shdik.
https://telegra.ph/Ochiq-osmon-ostidagi-kutubxona-09-04