"Ochiq osmon ostidagi kutubxona"
Kitoblar sizni minglab asr avval dunyodan oʻtgan dohiylar bilan uchrashtiradi.
Rene Dekart
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin istirohat bog'ida ko‘chma kutubxona o'z ish faoliyatini boshladi. Joriy yilning 8 iyul sanasida hodimlarimiz tomonidan "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda aholining turli yoshdagi kitobxonlari, maktab o'quvchilari va tuman yoshlari faol qatnashdilar. Axborot-kutubxona markazi direktori va xodimlari aholi hamda yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilib, kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdilar. Ushbu tadbirlar yoshlar o‘rtasida keng ommalashib bormoqda va kitobxon yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.
Siz, aziz kitobsevarlarni ham ushbu loyihamizda 9:00 dan 19:00 gacha vaqt oralig'ida faol qatnashishga chorlab qolamiz !