"Ochiq osmon ostidagi kutubxona"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 19 mart kuni Zomin tuman axborot - kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi xizmat mutaxassislari X.Mirzayeva, S.Muhtorova va Z. Azimovalar tomonidan kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida Zomin tumanida joylashgan Mustaqllik hiyobonida kitob targ'ibot ishlarini olib bormoqda. Loyihada qatnashgan aholi va kitobxonlarga tumanimizda joylashgan axborot-kutubxona markazi hamda kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Yangi kitobxonlarni kutubxonamizdagi kitobxon a'zolar safiga qo'shdik.