Ochiq osmon ostidagi kutubxona
#Ochiq_Osmon_Ostidagi_Kutubxona
📚Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin istirohat boģida ko‘chma kutubxona faoliyati yo'lga qo'yildi.
#Ochiq_osmon_ostidagi_kutubxona shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda aholining turli yoshdagi kitobxonlari, maktab o'quvchilari va shahar yoshlari faol qatnashdilar.
📚Axborot-kutubxona markazi direktori va xodimlari aholi hamda yoshlarni kitob o‘qishga jalb qilib, kutubxonada mavjud bo‘lgan adabiyotlar va kutubxona faoliyati bilan tanishtirdilar.
📈Shu bilan birga turli yoshdagi kitobxonlar va yoshlar uchun turli o'yinlar va she'riyat ixlosmandlari uchun o‘yinlari tashkil etildi.
✔️Ushbu tadbirlar yoshlar o‘rtasida keng ommalashib bormoqda va kitobxon yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.
📌Siz, aziz kitobsevarlarni ham ushbu loyihamizda faol qatnashishga chorlab qolamiz.