"Ochiq osmon ostida kutubxona"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida navbatdagi kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda aholini kutubxonaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, adabiyotlarga bo‘lgan muhabbatni targ‘ib qilish va aholiga turli xil kitoblar bilan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida o‘tkazildi.
Ko‘rgazmaning ochilishida kutubxona xodimlari ishtirokchilarga markazning faoliyati haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tdilar. Ular, kutubxonaning turli janrlarda adabiyotlar bilan to‘ldirilgan boy fonddan foydalanuvchilarga qanday xizmatlar ko‘rsatilishini ta'kidladilar. Shundan so‘ng, kitobxonlar kitoblar bilan tanishib, kutubxonada qanday turdagi kitoblarni olib o‘qishlari mumkinligi haqida savollariga javob olishdi.
Ko‘rgazmada turli xil adabiyotlar taqdim etildi, ularning aksariyati ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.