"Ochiq osmon ostida kutubxona"
#Ochiq_osmon_ostidagi_kutubxona
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida navbatdagi kitob ko'rgazmasini tashkil qilishdi. Ko'rgazmadan joy olgan turli xil adabiyotlar axoli va yosh kitobxonlarga manzur bo'ldi. Bolalar adabiyoti va katta yoshdagilar uchun kitoblarning farqi nimada ekanligi haqida aytib otilib, ularning yoshiga mos kitoblar tavsiya qilindi. Bo'sh vaqtni mazmunli otkazishda kitoblarning o`rni beqiyos ekanligi tushuntirib berildi.