Ochiq osmon ostida kutubxona
O'zbekiston-kitobxonlar yurti" V Respublika "KITOBXONLIK HAFTALIGI" asosida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.
Joriy yilning 23-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi asosida Mustaqillik maydonida kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.Loyihada tuman aholisi hamda yoshlari faol ishtirok etishdi ushbu ko'rgazmada bir qancha kitoblar o'qish uchun tavsiya qilindi. Shuningdek asarlar haqida ma'lumotlar ham berilib o'tildi.