Ochiq osmon ostida kutubxona
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida kitob ko‘rgazmasini tashkil etdi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida navbatdagi kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbir, kutubxonaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, adabiyotlarga bo‘lgan muhabbatni targ‘ib qilish va aholiga turli xil kitoblar bilan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida o‘tkazildi.
Ko‘rgazmaning ochilishida kutubxona xodimlari ishtirokchilarga markazning faoliyati haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tdilar. Shundan so‘ng, ishtirokchilar kitoblar bilan tanishib, kutubxonada qanday turdagi kitoblarni olib o‘qishlari mumkinligi haqida savollariga javob olishdi.