“Ochiq osmon ostida kutubxona”
Joriy yilning 19-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona xodimlari tomonidan “Ochiq osmon ostida kutubxona” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida “Ochiq osmon ostida kutubxona” loyihasi asosida navbatdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun turli badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar taqdim etildi.
Ochiq maydonda tashkil etilgan ushbu kutubxona kitobsevarlar uchun qulay va samimiy muhit yaratdi. Tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
📖 Kitob – tafakkur va taraqqiyot kaliti