Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
Navro'z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko'rish, o'zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylari, tashkilot va muassasalarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida viloyatimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan 13-mart kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar tomonidan xizmat ko'rsatish va xizmat xonalarini tartibga keltirish, bino hovlisidagi daraxtlarga shakl berish va ohaklash, ariqlarni va hovlisini tozalash ishlari olib borildi.