Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
Navro'z umumxalq bayrami munosib nishonlashga tayyorgarlik ko'rish o'zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylar, tashkilot va muassasalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida viloyatimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazida xizmat ko'rsatish va xizmat xonalarini tartibga keltirish, bino hovlisidagi daraxtlarga shakl berish, ariqlarni tozalash, yo'laklarning chekka qismini oqlash ishlari olib borildi.