Obodonlashtirish
#Obodonlashtirish
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Mustaqillik bayrami arafasida tashkilot xonalari va bino atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bayramga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Tashkilot atrofi, ko‘chalar va piyodalar yo‘laklari begona o‘t hamda chiqindilardan tozalandi, daraxtlar va gulzorlar parvarish qilinmoqda.
Mazkur obodonlashtirish ishlari tashkilot qiyofasini yanada chiroyli va fayzli ko‘rinishga keltirish, aholiga qulay muhit yaratish hamda bayram shukuhini oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonlarda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlaria ham faol ishtirok etmoqda.