“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki”
#Zomin_tumani
Mustaqillik bayrami arafasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida obodonlashtirish ishlari
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligini munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi.
Mazkur tashabbus doirasida Zomin tuman Yoshlar Ishlari Agentligi binosida joylashgan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham erta tongdan hasharchilik ishlari boshlashdi. Yoshlar ishlari Agentligi hududida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Begona o‘tlar o‘rib tashlandi, chiqindilar yig‘ishtirildi, atroflar tartibga keltirildi.
Natijada Zomin tuman axborot-kutubxona markazi joylashgan Yoshlar Ishlari Agentligi binosi yanada ozoda, fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etdi. Bu kabi ezgu tashabbuslar nafaqat mustaqillik bayramini munosib kutib olishga, balki xodimlarning va aholining birligi va hamjihatligini yanada mustahkamlanmoqda.